Restoran uchun boshqaruv dasturi: zal, oshxona, filiallar
Restoran uchun: zal xaritasi, stol ko'chirish, oshxona statuslari, taom bekor qilish sababi bilan, filiallar hisoboti va o'z yetkazib berishi.
Tanish muammolar
- Bekor qilingan taomlar izsiz yo'qoladi
- Bir nechta filial natijasini solishtirish qiyin
- Yetkazib berish puli kuryerda qolib ketadi
SavdoHub bilan ish kuni
- Zal xaritasida band va bo'sh stollar ko'rinadi
- Taom bekor qilinsa sababi va kim qilgani yoziladi
- Har filial savdosi bitta hisobotda solishtiriladi
- Kuryer yig'gan naqd kassaga topshirilganda hisob yopiladi
Sizga kerak bo'ladigan imkoniyatlar
- Zal, stol va oshxona
- Ofitsiant stolga hisob ochadi, taomlar partiyalab oshxonaga ketadi, oshpaz ekranida «Yangi → Tayyorlanmoqda → Tayyor». Mijozlar uchun navbat monitori.
- O'z yetkazib berishingiz
- Telefon orqali olib ketish va yetkazish buyurtmalari, kuryer ilovasi, kuryerdagi naqd pulni kassaga topshirish hisobi.
- Hisobotlar
- Savdo, sof savdo, o'rtacha chek, soat va kunlar bo'yicha grafik, top mahsulotlar, kassirlar va filiallar kesimi.
- Xodimlar va ruxsatlar
- Egasi, menejer, kassir, ofitsiant, oshpaz, omborchi, kuryer — har biri faqat o'z ishini ko'radi. Kassir tannarxni ko'rmaydi.
- Smena va kassadagi pul
- Smena ochiladi, naqd kirim-chiqim yoziladi, yopilganda sanalgan pul tizimdagi bilan solishtiriladi. Farq bo'lsa sababi so'raladi va Z-hisobot qoladi.
- Ombor qoldig'i
- Har filialda qoldiq, kirim, hisobdan chiqarish va tuzatish. Har harakat tarixda qoladi — hech narsa izsiz o'zgarmaydi. Kam qolganda ogohlantiradi.
Tavsiya etilgan tarif: Pro — oyiga 299 000 so'm (10 filial · 25 kassa · 100 xodim). Barcha tariflar
Savollar
Stolni boshqa stolga ko'chirsa bo'ladimi?
Ha, ochiq hisob boshqa bo'sh stolga ko'chiriladi, buyurtmalar saqlanadi.
Retsept bo'yicha mahsulot sarfi hisoblanadimi?
Hozir taom sotuvi va qoldiq hisobi bor; retsept bo'yicha xom-ashyo sarfi rejada.
Do'koningizni bugun ulang
14 kun bepul. Mahsulotlarni kiritish va birinchi savdo uchun yordam beramiz.