Do'kon uchun kassa dasturi: savdo, ombor va qarzsiz hisob
Kichik va o'rta do'kon uchun onlayn kassa: shtrix-kod, ombor qoldig'i, smena hisobi, qaytarish va hisobotlar. 14 kun bepul.
Tanish muammolar
- Kun oxirida kassadagi pul daftar bilan chiqmaydi
- Qaysi mahsulot tugab qolganini mijoz so'raganda bilasiz
- Sotuvchi almashganda kim qancha sotgani noma'lum
SavdoHub bilan ish kuni
- Mahsulotni shtrix-kod bilan kiritasiz yoki ro'yxatdan qo'shasiz
- Kassir skaner qilib sotadi, mijozga chek beradi
- Smena yopilganda sanalgan pul tizimdagi bilan solishtiriladi
- Egasi telefondan savdo va qoldiqni ko'radi
Sizga kerak bo'ladigan imkoniyatlar
- Tez kassa
- Shtrix-kod skaneri, tarozidagi mahsulot (1,25 kg), modifikatorlar, naqd va karta aralash to'lov, qaytim hisobi. F2 — qidiruv, F4 — to'lov.
- Smena va kassadagi pul
- Smena ochiladi, naqd kirim-chiqim yoziladi, yopilganda sanalgan pul tizimdagi bilan solishtiriladi. Farq bo'lsa sababi so'raladi va Z-hisobot qoladi.
- Ombor qoldig'i
- Har filialda qoldiq, kirim, hisobdan chiqarish va tuzatish. Har harakat tarixda qoladi — hech narsa izsiz o'zgarmaydi. Kam qolganda ogohlantiradi.
- Qaytarish
- Chek bo'yicha to'liq yoki qisman qaytarish: pul to'g'ri usulga qaytadi, mahsulot omborga qaytadi, hisobotlar o'zi to'g'rilanadi.
- Mijozlar bazasi
- Kassada telefon raqami bo'yicha mijozni topib savdoga biriktirasiz: kim, qachon, qancha xarid qilgani bir kartada.
- Hisobotlar
- Savdo, sof savdo, o'rtacha chek, soat va kunlar bo'yicha grafik, top mahsulotlar, kassirlar va filiallar kesimi.
Tavsiya etilgan tarif: Start — oyiga 139 000 so'm (1 filial · 2 kassa · 5 xodim). Barcha tariflar
Savollar
Mahsulotlarni bitta-bitta kiritishim kerakmi?
Ha, hozircha mahsulot kartasi orqali kiritiladi; har biriga shtrix-kod, narx va variant (o'lcham, rang) qo'shiladi. Ommaviy import tez orada.
Ikki sotuvchi bitta kassada ishlay oladimi?
Har sotuvchi o'z smenasini ochadi, shuning uchun kim qancha sotgani va kassadagi pul alohida ko'rinadi.
Do'koningizni bugun ulang
14 kun bepul. Mahsulotlarni kiritish va birinchi savdo uchun yordam beramiz.