Kafe va choyxona uchun dastur: stol, oshxona va navbat
Kafe, choyxona va fastfud uchun: stol bo'yicha ochiq hisob, oshxona ekrani, navbat monitori, xizmat haqi va kassa hisobi.
Tanish muammolar
- Ofitsiant buyurtmani qog'ozda olib, oshxonaga og'zaki aytadi
- Qaysi stol qancha yegani hisob vaqtida chalkashadi
- Mijoz buyurtmasi tayyor bo'lganini bilmay kutadi
SavdoHub bilan ish kuni
- Ofitsiant telefonidan stolga hisob ochadi va taom qo'shadi
- Taomlar oshpaz ekraniga partiyalab tushadi
- Tayyor buyurtma navbat monitorida chiqadi
- Kassir stol hisobini xizmat haqi bilan yopadi
Sizga kerak bo'ladigan imkoniyatlar
- Zal, stol va oshxona
- Ofitsiant stolga hisob ochadi, taomlar partiyalab oshxonaga ketadi, oshpaz ekranida «Yangi → Tayyorlanmoqda → Tayyor». Mijozlar uchun navbat monitori.
- Tez kassa
- Shtrix-kod skaneri, tarozidagi mahsulot (1,25 kg), modifikatorlar, naqd va karta aralash to'lov, qaytim hisobi. F2 — qidiruv, F4 — to'lov.
- Smena va kassadagi pul
- Smena ochiladi, naqd kirim-chiqim yoziladi, yopilganda sanalgan pul tizimdagi bilan solishtiriladi. Farq bo'lsa sababi so'raladi va Z-hisobot qoladi.
- O'z yetkazib berishingiz
- Telefon orqali olib ketish va yetkazish buyurtmalari, kuryer ilovasi, kuryerdagi naqd pulni kassaga topshirish hisobi.
- Hisobotlar
- Savdo, sof savdo, o'rtacha chek, soat va kunlar bo'yicha grafik, top mahsulotlar, kassirlar va filiallar kesimi.
- Xodimlar va ruxsatlar
- Egasi, menejer, kassir, ofitsiant, oshpaz, omborchi, kuryer — har biri faqat o'z ishini ko'radi. Kassir tannarxni ko'rmaydi.
Tavsiya etilgan tarif: Business — oyiga 199 000 so'm (3 filial · 8 kassa · 25 xodim). Barcha tariflar
Savollar
Xizmat haqi (10%) avtomatik qo'shiladimi?
Ha, filial sozlamasida foizni belgilaysiz, zalda xizmat qilingan hisobga o'zi qo'shiladi.
Ofitsiant uchun alohida qurilma kerakmi?
Ofitsiantning o'z telefoni yoki planshet yetarli — ilova brauzerda ishlaydi.
Do'koningizni bugun ulang
14 kun bepul. Mahsulotlarni kiritish va birinchi savdo uchun yordam beramiz.