Maxfiylik siyosati

Qanday ma'lumot saqlanadi, nima uchun va kim ko'ra oladi.

Saqlanadigan ma'lumot

Do'kon egasi kiritgan ma'lumot: mahsulotlar, narxlar, qoldiq, savdolar, xodimlar va (agar yoqilgan bo'lsa) mijozlarning ismi va telefoni. Xodimlar paroli faqat shifrlangan xesh ko'rinishida saqlanadi.

Saqlanmaydigan ma'lumot

Bank kartasi raqami, CVV yoki to'lov tizimi kalitlari so'ralmaydi va saqlanmaydi. To'lovlar faqat summa va usul (naqd, karta, o'tkazma) sifatida hisobga olinadi.

Kim ko'radi

Har do'konning ma'lumoti boshqa do'konlardan ma'lumotlar bazasi darajasida ajratilgan. Do'kon ichida har xodim faqat o'z roliga ruxsat berilgan bo'limlarni ko'radi. Muhim amallar jurnalga yoziladi.

Ma'lumotni o'chirish va eksport

Obuna to'xtasa ma'lumot o'chirilmaydi va ko'rish rejimida qoladi. Ma'lumotni olish yoki o'chirish uchun SavdoHub bilan bog'laning (aloqa sahifa pastida).

Uchinchi tomon xizmatlari

Sayt reklama yoki kuzatuv skriptlarini ishlatmaydi va cookie qo'ymaydi. Tizim tashqi to'lov, SMS yoki reklama xizmatlariga ma'lumot uzatmaydi.